“Qutb yulduzi”: mahoratlar musobaqada sinalmoqda

0
1291

“Qutb yulduzi” xalqaro musobaqasining ikkinchi kunida Rossiya, Belarus, Eron, Sudan, Venesuela va O‘zbekiston harbiy xizmatchilari granatomyotdan o‘t ochish mahoratlari bo‘yicha bellashdi.

Musobaqa shartida jamoalar ishtirokchilari qo‘qqisdan dushmanga duch kelib qolganda o‘t ochish mashqini bajardi. Desantchilar tankka qarshi “RPG-7V” granatomyoti yordamida nishonni, shuningdek, “AKS-74” avtomati hamda “Makarov” pistoletidan shartli dushmanni yakson etdi.

Bundan oldin musobaqa ishtirokchilari “Shturm”, “Pistirma” va “Snayper” shartlarini bajargan edi.

“Evakuatsiya” mashqida esa harbiy xizmatchilar yaradorni (maneken) qidirib topib, pana joyga olib o‘tishi kerak. Buni uddalash esa oson emas: maneken og‘ir. 80 kilogrammni “odamni” shartga ko‘ra sudrash mumkin emas, faqat ko‘tarib yurish kerak. O‘zbekiston jamoasi qolgan jamoalar qatorida vazifalarni muvaffaqiyatli uddalamoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiya departamenti