“ArMI—2022”: “Professional mergan” musobaqasiga qur’a tashlanib, mashg‘ulotlar boshlandi

0
847

Eronning Yazd viloyatida joylashgan harbiy o‘quv markazi bazasida o‘tkazilayotgan “Professional mergan” musobaqasi ishtirokchilari qabul qilib olingan qurollarni ko‘zdan kechirish va ularning optik mo‘ljallagichlarini sozlash bilan shug‘ullanmoqda. Qurollar musobaqa davomida uzluksiz ishlashi uchun tayyorlanyapti. Merganlar, shuningdek, qurol bilan amaliy mashqlarni ham boshlab yuborgan.

Bundan oldin “Professional mergan” xalqaro musobaqasi ishtirokchilari uchun texnik ma’lumotlarni tushintirishga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi. Musobaqa tashkilotchilari jamoalar vakillariga shartlarni, merganlar orasida o‘tkaziladigan bellashuvning o‘ziga xosligi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Shundan so‘ng, musobaqaning birinchi bosqichi uchun qur’a tashlandi. “ArMI—2022” xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilayotgan “Professional mergan”da Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Xitoy, O‘zbekiston, Zimbabve hamda Eron jamoalari ishtiro etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti