“ArMI – 2022”: “Avtozirhli tank-texnika ustalari” musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

0
868

Kecha Voronej viloyatida joylashgan Ostrogojsk shahrida ArMI-2022 o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan «Avtozirhli tank-texnika ustasi» bahslariga  start berildi.

Musobaqalarning ushbu yo‘nalishida Rossiya Federasiyasi, Armaniston, Belarus Respublikasi, Venesuela, Xitoy va O‘zbekiston terma jamoalari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Ishtirokchilar yakkalik poygasi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ustaxonasi ekipajlari musobaqasi, jamoa sardorlari bahsi hamda jamoaviy estafetadan iborat to‘rt bosqichli bellashuvlarda o‘zaro bahslashadilar.

Ma’lumot uchun, «Avtozirhli tank-texnika ustasi» musobaqasining bu yilgi dasturiga uchta yangi shart qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar o‘tgan yili ayni shu yo‘nalishda Rossiya Federasiyasi va Belarus Respublikasi vakillari bilan bir qatorda kuchli uchlikdan joy olgan edi.