Taʼlimda ilgʻor tajriba

0
974

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida “Taʼlim sifati samaradorligini oshirishda xalqaro tajribadan foydalanish: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya oʻtkazildi.

Unda Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari, xorijiy davlatlar harbiy attashelari, boshqa vazirlik va idoralar vakillari, oliy harbiy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Ilgʻor tajribalarni qoʻshinlarimiz amaliyoti va oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayoniga tatbiq etish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish zaruriyati anjuman mavzusining dolzarbligini koʻrsatadi.

Konferensiya doirasida rivojlangan davlatlar oliy harbiy taʼlim muasasalari va tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni tashkillashtirish, xorijiy harbiy akademiyalarda ilmiy tadqiqot dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish, sayyor oʻquv kurslarni tashkil etish, yaratilgan mavzuviy sinflar va multimedia vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, harbiy-ilmiy tadbirlar uyushtirish, oʻqitishning ilgʻor innovatsion uslublariga oid tajriba almashish boʻyicha onlayn treninglar tashkillashtirish yuzasidan hamkorlikni muvofiqlashtirish muhimligi taʼkidlab oʻtildi.

Yakunda tadbir mehmonlari hamda faol ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti