“ArMI—2022”: Sazaganda “Xavfsiz muhit” musobaqasi ishtirokchilari qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda

0
1042

Oʻzbekiston joriy yilda “ArMI—2022” xalqaro armiya oʻyinlarining beshta musobaqasiga mezbonlik qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xususan, Markaziy harbiy okrugning “Sazagan” dala o‘quv maydonida “Xavfsiz muhit” musobaqasi o‘tkaziladi.

Ayni vaqtgacha musobaqa ishtirokchilariga harbiy texnika va qurol-aslahalar biriktirildi, jamoalarga tashkilotchilar tomonidan musobaqa shartlari va musobaqa o‘tkaziladigan hududlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

Shundan so‘ng jamoalar o‘z navbati bilan musobaqa jarayonlariga qizg‘in tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshlab yuborishdi. Musobaqa shartlariga muvofiq, jamoalar 3 ta shart bo‘yicha, ya’ni “Individual poyga”, “Otish tayyorgarligi” hamda “Estafeta” bahslarida bellashishadi.

Ta’kidlash kerakki, poligonda musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoitlari yaratilgan. Ularning mashg‘ulotlardan so‘ng madaniy hordiq chiqarishlari ham e’tirobdan chetda qolgan emas. Xususan, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan muntazam ravishda ko‘ngilochar va konsert dasturlari tashkil etilib kelinmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati