Nukus garnizonida yoshlar “Zakovat” intellektual oʻyinida bellashdi

0
798

Yoshlarning bilim darajasini va intellektual salohiyatini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida “Zakovat” intellektual turnirining Qoraqalpogʻiston Respublikasi IV tur oʻyinlari tashkil etildi.

Bellashuv Nukus garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida o‘tkazilib, unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarida 40 ta ishtirok etgan jamoalardan gʻolib boʻlgan 17 ta jamoa hamda muddatli harbiy xizmatchilardan iborat ikkita jamoa ishtirok etdi. Bellashuv nizomiga koʻra har bir jamoada 6 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Turnir oʻziga xos tarzda qizgʻin bahslarga boy oʻtdi. Intellektual bellashuv yakunida “Berkut” jamoasi birinchi oʻrinni, “Mamiy” jamoasi ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, kuchli uchlikdan “Galaktikos” jamoasi ham oʻrin oldi.

Ushbu turnir har oyda oʻtkazilib, yil yakunida final bahslarida gʻolib jamoalar aniqlananishi belgilangan.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati