Tanqidiy va tahliliy ruhga o‘tkazilgan hisobot yig‘ilishi

0
1063

Mudofaa vazirligining Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlaridan birida 2022-yilning o‘tgan yetti oyi davomida amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Onlayn videoselektor formatida oʻtgan yigʻilish davomida qoʻshinlar xizmati, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda moddiy-texnik taʼminoti yoʻnalishdagi hisobotlar tinglandi.

Tanqidiy ruhda kechgan hisobot yigʻilishi avvalida soʻzga chiqqan barcha yoʻnalishlarning mutaxassis ofitserlari tomonidan yetti oy yakunlari, bajarilgan ishlar va amalga oshirilishi zarur boʻlgan eng muhim vazifalar toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish so‘nggida Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qoʻmondoni polkovnik Jur’at Yakubov tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan toʻgʻri xulosa chiqarish va qisqa muddatlar ichida bartaraf etish boʻyicha tegishli mas’ullarga bir qator vazifalar belgilab berildi. Kelgusida vazirlik miqyosida oʻtkazilayotgan barcha koʻrik-tanlovlar va musobaqalarda yuqori marralarni zabt etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritish asosiy maqsad qilib belgilandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiya departamenti