“ArMI-2022”: Belarus jamoasi “Yoʻl patruli”da ishtirok etish uchun Qoʻqonga yetib keldi

0
1060

Avvalroq xabar berganimizdek, Oʻzbekiston joriy yilda Xalqaro armiya oʻyinlarining 5 ta musobaqasiga mezbonlik qiladi. Eng qizgʻin musobaqalardan biri boʻlgan “Yoʻl patruli” — Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarining Qoʻqon shahrida joylashgan harbiy qismi bazasida boʻlib oʻtadi.

Kuni kecha Belarusi harbiylaridan iborat jamoa musobaqada ishtirok etish uchun Fargʻona viloyatiga yetib keldi. Mehmonlar vokzalda oʻzbekona urf-odatlarga muvofiq tantana bilan kutib olindi.

Musobaqa oʻtkaziladigan harbiy qismga yetib kelgan Belarus harbiy xizmatchilari dastavval Oʻzbekiston mustaqilligi sarhadlarini himoya qilish yoʻlida jon fido qilgan qahramonlar haykali poyga gul qoʻyib, hurmat bajo keltirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti