O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatida 2022 yilning birinchi yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma hamda og‘zaki murojaatlari yuzasidan HISOBOTI

0
2210

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va xizmatlari hamda harbiy okruglar fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda tegishli huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tashkil etib, 2022 yilning birinchi yarim yilligi davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, jismoniy va yuridik shaxslarning yozma hamda og‘zaki murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarini hal etish borasida belgilangan tartibda tegishli tadbirlarni amalga oshirdi.

2022 yilning birinchi yarim yilligida Mudofaa vazirligiga jismoniy

va yuridik shaxslardan jami 2114 ta murojaat (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 1306 ta, bevosita 559 ta, Bosh prokuraturadan 41 ta) kelib tushgan. Tegishli idoralar va hokimiyatlarga taalluqliligi yuzasidan 115 ta murojaatlar yuborildi. Qolgan 1973 ta murojaatlar Mudofaa vazirligi markaziy apparati bosh boshqarma, boshqarma va harbiy okruglar rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, tahlillar natijasi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining eng ko‘pi, ya’ni 727 ta murojaat – Kadrlar bosh boshqarmasiga (harbiy xizmatchilarni oilaviy sharoitiga ko‘ra xizmat joyini ko‘chirish, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish, harbiy xizmatini tiklash), 242 ta murojaat – Uy-joydan foydalanish boshqarmasiga (uy-joyni xussiylashtirish va uy-joy bilan ta’minlash), 195 ta murojaat – Tashkiliy-safarbarlik bosh boshqarmasiga (muddatli harbiy xizmatga chaqirish, SCHR masalasi), 203 ta murojaat – Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasiga, 177 ta murojaat – Moliya-iqtisod bosh boshqarmasiga (ish va xizmat haqqi, nafaqa va ijtimoiy ta’minot masalalari), 98 ta murojaat – Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasiga hamda 570 ta murojaatlar – boshqa bo‘lim va boshqarmalarga tegishli bo‘lgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 79 ta murojaat kelib tushgan. Mudofaa vazirligi markaziy apparati bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va xizmatlari hamda harbiy okruglar xodimlari jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ariza, taklif, shikoyat va og‘zaki murojaatlarni belgilangan muddatda atroflicha ko‘rib chiqib, ijobiy hal etishgan.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar qat’iy nazoratga olinib, natijalari yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.