Markazda “Qadring baland bo‘lsin ona tilim!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

0
1418

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida kursantlar va muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Qadring baland bo‘lsin ona tilim!” mavzusida insholar  tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirni shaffoflikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi vakillari, viloyat Yozuvchilar uyushmasi  hamda A. S. Pushkin nomidagi Samarqand axborot resurslar markazi xodimlari  taklif etildi.

Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad harbiy xizmatchilarni nutq madaniyatini oshirish, jamiyatda o‘zbek tiliga hurmat-e’tibor va mehr-muhabbat muhitini shakllantirishdan iboratdir.

Natijalariga ko‘ra,  kursant A. Rajabov faxrli birinchi o‘rinni egallab, tanlovning mutlaq g‘olibiga aylandi. Unga Markaz qo‘mondonligi tomonidan faxriy yorliq va badiiy adabiyotlar  to‘plami topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, g‘olib xuddi shu tanlovning okrug miqyosida bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarida ishtirok etadi.

Kichik serjant Xayrullo ULMASOV