Qurolli Kuchlari davlat muzeyi bilan tanishuv

0
1072

Har qanday davlat taraqqiyot sari intilar ekan doimo tarixga nazar tashlab, mavjud urf-odatlar, anʼanalar va qadimiy yodgorliklarni oʻrganishga va saqlashga intilishi tabiiy. Ayniqsa, bu borada muzeylarning oʻrni beqiyos.

Muzeylar maʼnaviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda oʻziga xos oʻrin tutadi. Saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qoʻlyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak maʼnaviyatidan hikoya qiladi.

Shu sabab bugun, 5-avgust kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti muddatli harbiy xizmatchilari Qurolli Kuchlar davlat muzeyida bo‘ldilar.

Muzey xodimi oddiy askarlarni muzeyning yaratilish tarixi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shakllanish tarixi bilan tanishtirdi. Ekspozitsiyada namoyish etilgan eksponatlar o‘tmishdan hozirgi kungacha zaminimizda ishlatilgan qurol-yarog‘lar va uning mudofaasi tarixini o‘z ichiga oladi. Eksponatlar tarkibiga tosh va o’q uchlaridan tortib, zamonaviy qurollargacha o‘rin olgan.

Ekskursiya yakunida muzey xodimi askarlarning savollariga batafsil javob berdi.

Mayor Sherqo‘zi HAKIMOV, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti