Navoiyda askarlarning axloqiy-ruhiy holatini yaxshilashga qaratilgan psixologik treninglar o‘tkazildi

0
957

Navoiy garnizoni harbiy qismda “Axloqiy-ruhiy tayyorgarlik kuni” doirasida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Harbiy jamoaning psixologik manzarasi” mavzusida psixologik treninglar o’tkazildi.

Mashg’ulotlarning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilar bilan ekstremal vaziyatlarda aniq va tez qaror qabul qilish, askariy birodarlikni va jamoa jipsligini oshirishga qaratildi.

Jamoaviy treninglar davomida askarlar stress, qo‘rquv, diqqat ko‘lamini buzilishi kabi psixik jarayonlar yuzasidan amaliy hamda nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Treninglar so’ngida muddatli harbiy xizmatchilar yana bir bor jamoa jipsligi yengilmas kuch garovi ekanligiga ishonch hosil qilishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati