Kattaqoʻrgʻonda “Eng ilgʻor artilleriya hisobi” musobaqalari oʻtkazilmoqda

0
1460

Markaziy harbiy okrugning “Kattaqoʻrgʻon” dala-oʻquv maydonida Mudofaa vazirligi miqyosida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Men gʻolib” shiori ostidagi “Eng ilgʻor artilleriya hisobi” musobaqalariga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida Mudofaa vazirligi va okrug qoʻmondonligi maʼsul ofitserlari, jamoatchilik vakillari hamda vazirlik miqyosidagi harbiy qismlardagi ilgʻor artilleriya mutaxassislari va yoshlar ishtirok etishdi.

Unda soʻz olganlar ushbu musobaqalar ilgʻor artilleriya mutaxassisi mahoratini oshirish, harbiy bilimlarni takomillashtirish hamda sogʻlom raqobat va jamoa tarkibida vazifalarni bajarishda koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilganini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tilashdi.

Tantanali marosimda yoshlar qalbida milliy ruh, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuygʻusini har tomonlama kuchaytirish maqsadida Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur sahna koʻrinishlari namoyish etildi, harbiy orkestr jamoalarining hamda harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qoʻl jangi chiqishlari barchaning koʻtarinki kayfiyatini yanada oshirdi.

Musobaqaning ikkinchi kunida jamoalar dala oʻquv maydonlarida oʻz mutaxassisliklari boʻyicha, yaʼni 10 ta yoʻnalishda oʻzaro bellashishga kirishdi.

Musobaqani artilleriya mutaxissisligi boʻyicha koʻp yillik tajriba ega boʻlgan ofitserlar tarkibi adolatli va shaffof tarzda baholab bordi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati