Kattaqo‘rg‘onda harbiylarning farzandlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazild

0
644

Mamlakatimizda sportchi yoshlarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni beqiyos. Jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilishida, davlatimiz madhiyasi baralla yangrashida ularning munosib hissasi bor. O‘zbekistonlik Olimpiya va Osiyo o‘yinlari g‘oliblari bugun butun dunyoda taniqli. Chempionlarga havas qilgan, ularning izidan mardona odimlayotgan yosh avlod ham qalbida ulkan marralarni zabt etishdek masadni tugib qo‘ygan.

Kattaqo‘rg‘on garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilarning farzandlari o‘rtasida sportning milliy kurash va qo‘l jangi turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish fondi hamkorligida tashkillashtirildi.

Musobaqadagi bolalar kurashi qizg‘in tus oldi. Bolalar jon-jahd ila raqibi bilan kurashdi. Natijalar hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.

Respublikamizda yoshlarning sog‘lig‘i haqida qayg‘urish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, iqtidori va layoqatini yuzaga chiqarishda sport to‘garaklarini tashkil etish yil sayin keng qamrov kasb etmoqda. Bunday to‘garaklar faoliyati Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda ham tashkil etilgan. Kelajakda bugunning umidli vakillaridan jahon chempionlari chiqsa ajab emas.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti