Yoshlar – hal qiluvchi kuch

0
541

Qurolli Kuchlar akademiyasida yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini, siyosiy bilimini yuksaltirish maqsadida “Yoshlar kelajak bunyodkori” tadbiri doirasida Yoshlar ittifoqi akademiya boshlangʻich tashkilotlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani kengashi aʼzolari hamda akademiya 1-bosqich kursantlari ishtirok etdi. Tadbirda mutaxassislar tomonidan kursantlarga Yoshlar ittifoqi oldida turgan vazifalar, faoliyatning asosiy yoʻnalishlari, tashkilotga aʼzo boʻlish, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Yakunda 1-bosqich kursantlarining 266 nafari tashkilotga aʼzo qilinib, ularga guvohnoma va koʻkrak nishonlari topshirildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti