Ilmiy hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda

0
906

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi ilmiy boʻlimi hamda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi bilan hamkorlikda “Ajdodlar ruhi barhayot, Qatagʻon qurbonlari va vatan fidoiylari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ilmiy hamkorlik memorandumi asosida tashkil etilgan ushbu tadbirda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib, tinchlikni asrash yoʻlida fidoiylik koʻrsatgan va bedarak yoʻqolgan yurtdoshlarimizni qidirib topish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, nafaqat Oʻzbekiston, balki xorijiy davlatlarning arxivlari bilan oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, kelgusida amalga oshirilishi koʻzda tutilayotgan ishlarni samarali tashkil etish, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borish istagini bildirayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash kabi mavzular davra suhbatidan oʻrin oldi.

Nargiza SAFAROVA, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi matbuot xizmati