Harbiy xizmatchilar milliy kurash musobaqasida kuch sinashdi

0
1163

Chirchiq oliy tank qo’mondonlik-muhandislik bilim yurti sport majmuasida Mudofaa vazirligi qo’shinlari miqyosida “Milliy kurash” va “Pichoq jangi” chempionatining saralash hamda yarim final bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa qo’shinlarda milliy kurash va pichoq jangi sport turlarini yanada rivojlantirish, harbiy xizmatchilar o’rtasida ommalashtirish hamda ularning jangovar ruhini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Unda barcha harbiy okruglar, harbiy qism va muassasalardan kelgan 18 ta jamoa tarkibida 150 ga yaqin yurt o’g’lonlari ishtirok etdi. 

Hakamlar hay’ati musobaqaning odilona va shaffof o‘tkazilishini ta’minlab bordi.

Shuningdek, harbiy okruglarning sport vzvodlaridan kelgan 25 nafar harbiy xizmatchi musobaqaning “Pichoq jangi” turi bo’yicha kuch sinashdi.

Musobaqaning saralash va yarim final bahslarida g‘oliblikni qo‘lgan kiritgan harbiy sportchilar bugun, 27-iyul kuni finalda o‘zaro bellashadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti