“Eng yaxshi Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi” tanlovining qoʻmondonlik bosqichi oʻtkazildi

0
1290

Qoʻshinlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar oʻquv-moddiy bazasini takomillashtirish, harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy qulayliklar yaratish, shaxsiy tarkibning zaruriy bilimlarni egallashlari uchun imkoniyatlar yaratish, tashabbuskor harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish hamda ularning ilgʻor ijodkorlik tajribalarini ommalashtirish maqsadida Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligida “Eng yaxshi Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi” tanlovi oʻtkazildi.

Tanlov nizomiga koʻra, ishtirokchilar 2 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilar taqdim etayotgan obyektlarning zamonaviy va nostandard dizaynda jihozlangani, yorugʻligi va shinamligi, shuningdek belgilangan talablarga muvofiq koʻrgazmali axborot stendlarining mavjudligi kabi yoʻnalishlarda odilona va shaffof tarzda baholandi.

Tanlov natijalariga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan harbiy qism ofitseri podpolkovnik Xusniddin Andayev tomonidan taqdim etilgan “Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi” faxrli birinchi oʻrinni egallab, tanlovning navbatdagi — Mudofaa vazirligi bosqichida ishtirok etish xuquqini qoʻlga kiritdi.

Yakunda gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti