Harbiy oilalar mustahkamligini taʼminlash yo‘lida

0
999

Fargʻona shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida “Harbiy oilalar mustahkamligini taʼminlash, farzand tarbiyasida ota-onaning oʻrni” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik Tolibjon Mirzayev soʻnggi yillarda Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Mudofaa vazirligi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Zulfiya Mansurova ham oʻz fikrlarini bildirib, mamlakatimizda eng muqaddas qadriyatlardan biri boʻlmish oila, qavm-u qarindoshlarni yo‘qlab turish ahamiyatini taʼkidlab oʻtdi.

Yakunda ishtirokchilar oilada nizoli vaziyatlarni ijobiy yechimini topish, tushunmovchiliklarni oldini olish kabi oʻzlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar olishdi.

Kunning ikkinchi yarmida masʼullar harbiy oilalarga ham tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi. Bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolariga koʻrsatilayotgan eʼtiborning bir namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti