Oila — fuqarolik jamiyatining tayanchi

0
981

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlar va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari bilan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi binosida “Oila sogʻlom ekan, jamiyat mustahkam, mamlakat barqarordir” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Ushbu davra suhbatida Janubiy operativ qoʻmondonligi, Termiz harbiy prokuraturasi, Surxondaryo viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat mintaqaviy boʻlimi, viloyat hokimligining oila va xotin qizlar boshqarmasi, Termiz davlat universiteti, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda Musulmonlar idorasi viloyat boʻlimlari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur tadbir vatan tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, oila madaniyati va odobini shakillantirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish va farzand tarbiyasida ota-onaning oʻrnini mustahkamlash, oilalarning ibratli jihatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan.

Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan “MEHR OPERATSIYASI 3” hujjatli film namoyish etildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni