Markaziy harbiy okrugda “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi

0
892

Mudofaa vazirligi miqyosida yosh harbiy xizmatchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining Markaziy harbiy okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi.  Unda okrug tasarrufidagi barcha harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning bilimi sinovdan o‘tkazildi.

Tanlov nizomiga ko‘ra ishtirokchilar “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jaxon adabiyoti bilimdoni” va “Buyuk mutafakkir va adib” kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bahs olib borishdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Samarqand viloyati bo‘limi yetakchi mutaxassislari hamda viloyat Axborot-kutubxona markazi xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati harbiy xizmatchilarning bilim va salohiyatini adalotli baholab borishdi.

Tanlov qiziqarli bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Barcha shartlarda tavsiya etilgan adabiyotlarga oid kitoblarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati tanlov ishtirokchilari tomonidan zukkolik bilan sharhlab o‘tildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra tanlovning mutlaq g‘olibi va sovrindorlari aniqlanib, okrug qo‘mondonligi faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati