Saylovda ilk bor ishtirok etuvchi navoiylik yoshlarning siyosiy faolligi oshirildi

0
527

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Navoiy garnizonida joylashgan Safarbarlik chaqiruv rezervi chaqiriluvchilarining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha “Men saylash huquqiga egaman” shiori ostida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida” gi qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Navoy viloyati Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi, I darajali adliya maslahatchisi Azamat Xolmoʻminov va adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Jamshid Hamroyev tomonidan mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlari, jumladan, Saylov kodeksining bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, chaqiriluvchilarning saylov jarayonlarida faol ishtirok etishlari va bu jarayonda intizom buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilmasligi kerakligi ham alohida taʼkidlanib, saylovda ilk bor ishtirok etuvchi navoiylik yoshlarning siyosiy faolligi oshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati