Qo‘mondonlik tashabbusi bilan “Tong” oromgohida konsert dasturi tashkil qilindi

0
925

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Tong” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bolajonlar uchun konsert dasturi tashkillashtirildi.

Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbir avvalida bolajonlar turli sport o‘yinlarida ishtirok etib, rassomchilik tanlovi va raqslarda o‘zlarining iqtidorlarini namoyon etishdi.  

Tadbirning asosiy qismi esa gulxan atrofida kechdi. Unda qo‘mondonlik “Iste’dod” guruhi xonandalari va badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bolajonlarga xushkayfiyat ulashdi. Faxriy qorovulning tantanali chiqishlari ham shular jumlasidan.

Kun yakunida sport musobaqalari hamda intellektual o‘yinlarda faol ishtirok etgan bolajonlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mayor Farruxbek Sotvoldiyev,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti