“Oilam mening – oltin qo‘rg‘onim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

0
1289

Xalqimizda ayollar azaldan e’zozlanib, ardoqlanib kelinadi. Buyuk ajdodlarimizning muqaddas qo‘lyozmalarida ham ona timsoli yuksaklarga ko‘tarilib, Vatanga qiyoslangan.

Chirchiq garnizonidagi harbiy qismning Madaniyat markazida Mudofaa vazirligi xotin – qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Zulfiya Mansurova ishtirokida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan “Oilam mening – oltin qo‘rg‘onim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda dastlab harbiy oilalarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mustahkamligi hamda jamiyatdagi faolligini yanada oshirish borasida o‘zaro fikr almashildi.

Tadbir davomida bugungi kunda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini hamda siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama rag‘batlantirib borish, oilalarda farzand tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish va boshqa bir qator dolzarb masalalar hususida so‘z yuritilib, okruglardagi  xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha  mutaxassislar bilan  o‘zaro uzviy hamkorlikni kuchaytirish masalalari bo‘yicha qiziqarli munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, bugungi kunda turli muammolari mavjud bo‘lgan harbiy oilalar bilan ishlash va ajrimlarni oldini olish borasida tegishli maslahat va tushunchalar berib o‘tildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati