Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida ommaviy sport ko‘rigi o‘tkazildi

0
1285

Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish maqsadida Sharqiy harbiy okrugga qarashli Andijon, Namangan va Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlarda ommaviy sport ko‘riklari bo‘lib o‘tdi.

Ommaviy sport ko‘rigi ertalabki badantarbiya mashqlari bilan boshlandi.

Shundan so‘ng harbiy xizmatchilar turli yosh guruhlariga bo‘lingan holda uch ming hamda  yuz metr masofaga yugurish sinovlaridan o‘tdi.

Bundan tashqari yurt o‘g‘lonlari turli akrobatika snaryadlarida ham bir qator murakkab bo‘lgan mashqlarni bajarishdi. Ayniqsa, yagona to‘siqlar yo‘lagidan o‘tishda harbiy xizmatchilardan tezkorlik hamda mashqlarni aniqlik bilan bajarish talab qilindi.

Mazkur ommaviy sport ko‘rigi er yigitlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish bilan bir qatorda harbiy xizmatchilar orasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, shuningdek, qo‘shinlarda o‘tkaziladigan musobaqalarda okrug sharafini himoya qilib chiqadigan nomzodlarni saralab olishda muhim jarayon hisoblanadi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati