Abdulla Qodiriy ijodiga nazar

0
523

Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonidagi harbiy qismda okrug qoʻmondonligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining viloyat boʻlimi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, shoir, pedagog hamda oʻquvchi yoshlar ishtirokida Abdulla Qodiriy tavalludining 127-yilligiga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbek romanchiligining asoschisi xotirasiga ehtirom koʻrsatish, milliy adabiyot rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasini ulugʻlash maqsadida tashkil etilgan tadbir avvalida Abdulla Qodiriyning boy maʼnaviy ijodi, xususan, asarlari oʻquvchini vatanparvar qilib tarbiyalashi, millatni tanitishda katta hissa qoʻshishi haqida soʻz bordi.

Adibning “Oʻtkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlarlari oʻzbek adabiyotining eng yorqin namunasi ekanligi takidlandi.

Tadbir yakunida oʻquvchi yoshlar va harbiy xizmatchilar oʻrtasida adibning ijodiga bagʻishlangan viktorinalar oʻtkazilib, ishtirokchilarga badiiy adabiyotlar tuhfa etildi. Harbiy orkestr jamoasi va Samarqand shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan namoyish etilgan kuy-qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari tadbir ishtirokchilariga koʻtarinkilik bagʻishladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati