“Eng ilgʻor tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” tanlovining Qoʻmondonlik bosqichi oʻtkazildi

0
847

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari oʻrtasida sogʻlom raqobatni qaror toptirish, jangovar tayyorgarlik va komandirlik dasturlarini samarali oʻzlashtirish, shaxsiy kasbiy mahoratini takomillashtirish, zaruriy bilimlarni egallashlari uchun imkoniyatlar yaratish, tashabbuskor shaxslarni ragʻbatlantirish hamda ularning ilgʻor ijodkorlik tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Men gʻolib” shiori ostida “Eng ilgʻor tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” tanlovining Qoʻmondonlik bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovning oʻtkazish nizomiga koʻra, ishtirokchilar test sinovlari, taktik, texnik, otish va jismoniy tayyorgarlik fanlaridan sinovlar hamda harbiy-kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarning bilimi, dunyoqarashi, hozirjavobligi, harbiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi odilona va shaffof tarzda baholab borildi.

Tanlov natijalariga koʻra, katta leytenant Kamolxon Hojixonov “Eng ilgʻor vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari” tanlovida, mayor Rahmatjon Asqarov “Eng ilgʻor batalyon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari” tanlovida, mayor Boburjon Sobirov “Eng ilgʻor harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari” tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, navbatdagi Mudofaa vazirligi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Yakunda gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Mayor Farruhbek SOTVOLDIYEV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti