Janubda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

0
917

Mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari ishtirokida “Tinchlik — bebaho ne’mat, uning qadriga yetaylik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Janubiy operativ hamda harbiy qism qo‘mondonligi vakillari ishtirok etdi.

Janubiy operativ qo‘mondonligi xotin-qizlar va  harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash buyicha yetakchi mutaxassisi Dilorom Adilova harbiy oila bekalari bilan ochiq muloqotga kirishib, ularning mavjud muammolarini o‘rgandi.

Uchrashuv keng qamrovli mavzularga ulanib, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.