Harbiylar oilasi dam olish maskanida

0
941

Mamlakatimizda navqiron avlod salomatligini asrash, ularning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun keng imkoniyat va qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan yurt posbonlarining farzandlari va ularning turmush o‘rtoqlari uchun «Yoz – o‘tmoqda soz!» shiori ostida Surxondaryo viloyatining tog‘li hududida joylashgan Sangardak sharsharasiga ekskursiya tashkil etildi.

Sangardak sharsharasi hududida dam olish uchun yaratilgan qulay sharoitlar yozning issiq kunlarida harbiy xizmatchilar oila a’zolarining miriqib dam olishlarini ta’minladi. Toza buloq suvi, musaffo tog‘ havosi, sersoya bog‘larda hordiq chiqarayotgan bolalarning salomatligi mustahkamlanib, to‘g‘ri rivojlanishlari, sog‘lom va quvnoq holda vaqt o‘tkazishlari uchun zamin yaratdi.

Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni