Kadrlar xizmati ofitserlariga sertifikatlar topshirildi

0
1304

Mudofaa vazirligi tizimidagi kadrlar xizmati ofitserlari uchun “Yurist va kadr” ta’lim muassasasida o‘quv kursi tashkil etildi. “Kadrlar xizmati faoliyatini tashkil qilish va mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv kursi 72 soatni o‘z ichiga oladi.

Malaka oshirish kurslarida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibi, xodimlar va ish beruvchilarning huquq va majburiyatlari kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, kurs davomida mehnat shartnomasida xodimning ish joyi, mehnat vazifasi, ishning boshlanish kuni, mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari belgilanishi, mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida 2 nusxada yozma shaklda tuzilishi va har bir tarafga saqlash uchun topshirilishi, ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilishi kabi qator masalalarda e’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlar xususida markazning malakali va tajribali mutaxassislari tomonidan amaliy ko‘niklamalar berildi.

O‘quv kurs yakunida ofitserlarga sertifikatlar topshirildi.

Ro‘ziqul OChILOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti