Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga barchamiz mas’ulmiz

0
903

Kecha, 7-iyul kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli garnizonlar kesimida huquqbuzarliklar profilaktikasi doirasida keng qamrovli tadbirlar tashkil qilindi.  

Xususan, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi va Samarqand harbiy prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan ana shunday tadbirlarning birida  viloyat Mudofaa ishlar boshqarma va bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari ishtirok etdi.

Samarqand garnizoni
Samarqand garnizoni

Unda soha vakillari tomonidan tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaning fuqarolar ijtimoiy adolatiga, davlatning esa iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sirlari haqida zarur tushunchalar berilib, jamiyatdagi ma’naviy muhitni buzilishiga olib keladigan bu illat tufayli hayotda uchrayotgan salbiy oqibatlar turli misollar orqali yetkazildi.

Samarqand garnizoni
Samarqand garnizoni

Shuningdek, garnizondagi yana bir harbiy qismda Samarqand viloyati oila va xotin qizlar boshqarmasi hamda Samarqand harbiy gospitali xodimlari ishtirokida tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yosh harbiy xizmatchilar bilan erta turmush qurishning salbiy oqibatlariga alohida e’tibor qaratildi.  

Jizzax, Kattaqo‘rg‘on hamda Navoiy garnizonlarida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar esa harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari o‘rtasida yo‘l transport hodisalarini oldini olishga qaratildi. Unda harbiy prokuratura, yo‘l harakati havfsizligi, harbiy avtomobil nazorati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bevosita ishtirok etib, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlar borasida tegishli ma’lumotlar berdi.

Jizzax garnizoni
Jizzax garnizoni
Kattaqo‘rg‘on garnizoni
Kattaqo‘rg‘on garnizoni
Navoiy garnizoni
Navoiy garnizoni
Navoiy garnizoni

Shuningdek, tadbirlar davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga transport vositasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va qonun buzilishiga sabab bo‘ladigan omillar, uning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berilib, mavzu doirasida videofilimlar namoyish qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati