Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar ofitserlar bilimi mustahkamlandi

0
1376

Mudofaa vazirligi rahbar lavozimidagi ofitserlarning boshqaruv mahorati hamda kasbiy malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida navbatdagi malaka oshirish o‘quv kursi yakunlandi.

Bir necha kun davomida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakultetida malakali hamda yuqori tajribaga ega professor-o‘qituvchilar tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Kurs tinglovchilari bu yerda olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘zlari xizmat qilayotgan harbiy qism va muassasalarda amalda tatbiq etishadi hamda o‘quv mashg‘ulotlari davomida erkin muloqot qilish ko‘nikmasi, bugungi harbiy-siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil qilgan holda mustaqil qarorlar qabul qilish malakasiga ega bo‘ldilar.

O‘quv kursi yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori professor Adham Bekmurodov rahbar ofitserlar bilan suhbatlashib, ulardan o‘quv kurslarini yanada takomillashtirish uchun takliflarni eshitib muhokama qildi va kelgusi xizmatlarida muvaffaqiyat tilab, bu maskanda olingan bilimlarni xizmatlari davomida mohirona qo‘llashlariga ishonch bildirdi.

Respublikamizning turli hududlaridan bilim salohiyatlarini oshirishni maqsad qilib kelgan va bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi yordamida erishgan rahbar ofitserlarning malaka oshirganlik haqidagi sertifikat olish jarayonlari bilan ularning o‘quv kurslari o‘z yakuniga yetdi.

Leytenant Dilshod RO’ZIQULOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti