“Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining qo‘mondonlik bosqichi g‘oliblari aniqlandi

0
888

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosini o‘rganish, yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish hamda ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlov nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” va “She’riyat” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Quvonarlisi shundaki, harbiy xizmatchilarning faol ishtiroki, adabiyotga oshnoligi va bilimdonligi tadbir ko‘rkiga yana ham ko‘rk qo‘shdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan tanlov natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchisi kichik serjant G‘olibjon Azimjonov faxrli birinchi o‘rinni egallab, tanlovning Mudofaa vazirligi bosqichida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mayor Farruxbek SOTVOLDIYEV