Angren garnizonidagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi

0
1194

O‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy armiyamizga bo‘lgan hurmat va ishonchini oshirish, harbiylik kasbiga qiziqish uyg‘otish, harbiy xizmatchilarning hayot tarzi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joylarda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Xususan, Angren garnizonidagi harbiy qismda mahalla yoshlari uchun navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilindi.

Tadbir davomida yoshlar harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, harbiy xizmatchilar bilan samimiy suhbatlar qurishdi. Ayniqsa, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan bir qator davra suhbatlari o‘tkazildi. Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan atroflicha javob olishdi.

Aytish mumkinki, harbiy qismga bo‘lgan bir kunlik sayohat ertamiz egalarida yurtga sadoqat hissini yanada oshirgan bo‘lsa ajabmas.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati