Mudofaa vazirligi terma jamoasi III xalqaro harbiy sport o‘yinlarida ishtirok etish uchun Almati shahriga jo‘nab ketdi

0
1154

Xabaringiz bor, joriy yilning 4–10-iyul kunlari Qozog’istonning Almati shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mudofaa vazirliklari kengashining 30 yilligiga bag‘ishlangan MDHga a’zo davlatlar armiyalari o‘rtasida III harbiy sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Harbiy sport o‘yinlarida terma jamoamiz vakillari “Ofitserlar uchkurashi”, “Armiya qo‘l jangi”, “Tosh ko‘tarish”, “Harbiylashtirilgan kross”, shuningdek, PM va AK shtat qurolidan o‘q otish sport musobaqalarida ishtirok etadi.

Mazkur harbiy sport o‘yinlarida ishtirok etayotgan barcha sportchilarimizga omad tilaymiz.