Elimiz suygan madaniyat xodimlari Navoiy garnizonidagi harbiy qism mehmoni bo‘ldi

0
904

Respublikamiz bo‘ylab 28-iyundan 7-iyulgacha barcha viloyat, shahar va tumanlarda “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, kino namoyishlari, kontsert dasturlari, bir so‘z bilan aytganda “Ma’naviyat festivallari” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur festival doirasida Navoiy garnizonidagi harbiy qismga poytaxtdan bir guruh san’atkorlar tashrif buyurdi.

Garnizondagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida o‘tkan uchrashuvda mehmonlar Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, hayotimizda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar insonlar tafakkurida ham shakllanayotganligini va buning barchasi xalq manfaatiga xizmat qilishini takidlashdi. 

Tadbir davomida elimiz ardog‘idagi madaniyat vakillari, qiziqchi, aktyor va aktrisalarning har bir chiqishini harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari gulduros qarsaklar bilan qarshi oldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati