Saylovga oid bilimlar oshirildi

0
696

Prezident saylovi xalqimizning ertangi kuni, farovonligi, davlatimizning ravnaqi, dunyo hamjamiyatdagi mavqei mustahkamlanishi bilan bogʻliq dolzarb voqea hisoblanadi.
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan saylov qonunchiligi boʻyicha davra suhbati tashkil etildi.
Maʼruzaga chiqqanlar saylov tizimining bugungi kundagi ahamiyati, saylov yangiliklari, unga kiritilgan oʻzgarishlar, saylov toʻgʻrisidagi kodeksning mazmun-mohiyati xususida batafsil maʼlumot berdilar.

– Davlat hokimiyatini erkin va oshkora, muqobillik asosida oʻtadigan saylovlar orqali shakillantirish demokratiyaning oliy koʻrinishidir. Fuqarolar saylov orqali davlat boshqaruvida oʻzining ovozi, siyosiy irodasi bilan bevosita ishtirok etadi. Mana bugun malakali mutaxasislar ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda ham harbiy xizmatchilarmiz huquqiy savodxonligi yanada oshirildi, – deydi harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari podpolkovnik Suhrob Yuldashev.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni