Jizzax va Samarqand garnizonida harbiy qism tashkil etilgan kun tantanali nishonlandi

0
951

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax hamda Samarqand garnizonidagi harbiy qismlarning tashkil etilgan kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazildi.

Jizzax garnizonida o‘tkazilgan tadbirda dastlab okrug qo‘shinlari qomondoni polkovnik Oybek Saidov boshchiligida Vatanimiz tinchligi va osoyishtilagi yo‘lida jon fido qilgan o‘g‘lonlar xotirlanib, ularning harbiy qismda tashkil etilgan “Xotira xiyoboni”dagi monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi.

Tadbirning tantanali qismida qo‘mondon harbiy qism shaxsiy tarkibini ushbu qutlug‘ sana bilan tabriklab, yurt posbonlarining kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.

Shuningdek, sana munosabati bilan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik borasida, harbiy okrug, Mudofaa vazirligi va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muayyan yutuqlarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvon va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Samarqand garnizonidagi harbiy qismda o‘tkazligan bayram tantanalarida ham harbiy qism harbiy xizmatchilari erishayotgan yutuqlar e’tirof etilib, shaxsiy tarkib munosib rag‘batlantirildi.

Tadbir yakunida harbiy orkestr jamoalari hamda xushovoz xonandalar ijrosida harbiy xizmatchilar uchun konsert daturlari namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati