“Vatanparvar” tashkilotining Amudaryo tumanidagi klubi yoshlarga eshigini ochdi

0
759

“Yoshlar oyligi” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Amudaryo tumani oʻquv-sport texnika klubida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlash joizki, “Vatanparvar” tashkiloti mamlakat aholisi, ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini taʼminlash, sportning texnik va amaliy turlariga jalb qilish orqali ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda ommaviy texnik kasblarga tayyorlash boʻyicha muhim vazifalarni ado etish bilan bir qatorda ehtiyojmand oilalar farzandlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtishini taʼminlab kelmoqda.

Amudaryo tuman oʻquv-sport texnika klubi negizida “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati, uning rivojlanish yoʻnalishlari, yurtimiz ijtimoiy hayotida tutgan oʻrni hamda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisidagi amaliy ishlarni yoshlarga yetkazish, ularda sportning texnik va amaliy turlariga hamda kasb egallashga boʻlgan qiziqishni uygʻotish maqsadida “Vatanparvar” – menin tanlovim!” shiori ostida oʻtkazilgan tadbir festivalga aylandi.

Unda Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi qo‘mondonligi, Amudaryo tuman hokimligi, Milliy gvardiya va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimlari, “Vatanparvar” tashkiloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi va uning tasarrufidagi oʻquv muassasalar rahbarlari, mahalla faollari, tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli maktablar va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari ishtirok etdi. Ularga klubning oʻquv-modiy bazasi, sinfxonalari hamda imkoniyatlari tanishtirilib, klubga aʼzo boʻlish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berildi.

Tadbir davomida maktab oʻquvchilari oʻrtasida koʻpkurash sport musobaqasining Qoraqalpogʻiston ochiq chempionati oʻtkazildi. Unda ishtirokchilar yugurish va oʻq otish boʻyicha bellashib, chaqqonligi va chidamliligini namoyon etishdi. Gʻolib va sovrindorlar medal, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati