Sirdaryo viloyatining polvonlari aniqlandi

0
1023

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va Sportni rivojlantirish vazirliklari hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Men g‘olib” shiori ostida sportning milliy kurash va tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha mudofaa vaziri kubogi musobaqalarining viloyat bosqichlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, kuni kecha Sirdaryo viloyatining tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan polvonlar viloyat birinchiligini himoya qilish uchun gilam tushdilar. Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida o‘tkazilgan musobaqada tumanlardan kelgan 300 dan ortiq polvonlar respublika bosqichi uchun belashdi.

Musobaqa davomida o‘z mahalla, tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan yoshlar g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va bilagidagi kuchini halol kurash olib borishdi.

Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan tuman polvonlari:

Milliy kurash bo‘yicha 3 vaznda gulistonlik polvonlar, 1 ta vaznda sayxunobodlik polvoni respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, tosh ko‘tarish bo‘yicha 3 vaznda Sirdaryo tumani polvonlari, 1 ta vaznda Sardoba tumani polvoni respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar viloyat hokimligi va Toshkent harbiy okrug qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari va diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

Toshkent harbiy okrug matbuot xizmati