Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida navbatdagi bitiruv marosimi

0
1694

Bugun, 25-iyun kuni yurtimizdagi barcha oliy harbiy ta’lim muassasalarida yosh leytenantlarning bitiruv marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, ayni daqiqalarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida ham tantanali tadbir boshlandi.

Bu yilgi bitiruv bilim yurti shonli tarixida 25-bitiruv sifatida oʻrin egalladi.

Tadbirda mudofaa vazirining oʻrinbosari — Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qoʻmondoni general-mayor Ahmad Burhonov va Janubi-g‘arbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, bitiruvchilarning kelgusidagi faoliyatlariga omad va zafarlar tiladi.

 

“Bugungi bitiruvchilar 5 yil mobaynida bilim yurtida zamonaviy bilim olib, intellektual salohiyatli kadr sifatida tayyorlanib, Qurolli Kuchlarimizning Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari tarkibiga munosib uchuvchi va muhandis sifatida tayyorlab berildi”, — deydi bilim yurti boshligʻi A.Hamroyev.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti