“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi

0
901

19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘quv jarayonini ta’minlash bazasida mudofaa vazirining kubogi uchun uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi hamkorligida o‘tkazilayotgan musobaqaning yakuniy bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar bugun erta tongdan tantanali ravishda kutib olindi.

Kun davomida harbiy-sport musobaqasida ishtirok etuvchi jamoalarga Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti va O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati bo‘limiga ekskursiya uyushtirildi. Yoshlar bilim yurtida kursantlar ushun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, jamoa a’zolari musobaqa o‘tkaziladigan joy bilan tanishdi, yotoqxonalarni ko‘zdan kechirdi, ularga akademiya bazasi hududi, musobaqani o‘tkazish shartlari, nizob talablari bilan bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi. Ertangi musobaqa oldidan qur’a tashlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarning sogʻlom va barkamol boʻlib ulgʻayishi hamda ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan bellashuvlarda oʻz viloyatlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar birinchilik uchun oʻzaro kuch sinashadi.

Leytenant Islomjon Qo‘chqorov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti