Siyosiy bilim va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan viktorina

0
667

Saylov demokratiyaning asosiy ko‘rinishi bo‘lib, yoqlab yoki qarshi ovoz berishni bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ushbu jarayonda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Mamlakatimizda bu bo‘yicha amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari qizg‘in ravishda amalga oshirilmoqda.

Kecha, 15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida “Yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirish” aksiyasi doirasida “Yosh saylovchi — 2021” targ‘ibot tadbiri hamda “Saylov bilimdoni” viktorinasi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, “Yosh saylovchi — 2021” targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirda saylov qonunchiligi borasida so‘z yuritildi. Kursantlar bahs va munozaralar davomida o‘zini qiziqtirgan savollar bilan moderatorlarga murojaat etdi. Shuningdek, tadbir davomida harbiy xizmatchilar bilimini sinash maqsadida viktorina tashkil etildi. G‘olib ishtirokchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Yakunda faol targ‘ibotchilarga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti