Jizzaxda “Yosh vatanparvarlar yigʻini”ning toʻrtinchi mavsumi oʻz nihoyasiga yetdi

0
796

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda oʻtkazilayotgan “Yosh vatanparvarlar yigʻini”ning toʻrtinchi mavsumi oʻz nihoyasiga yetdi.

Mazkur yig‘in “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Jizzax viloyati hokimligi, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi hamda Yoshlar ishlar agentligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgandi.

O‘tgan kunlar davomida yig‘in ishtirokchilari “yosh elektriklar”, “yosh avto elektriklar”, “yosh dvigatel ustalari” “yosh payvandchilar” hamda “yosh chilangarlar” guruhlariga ajratilib, yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olishdi. Bundan tashqari, oʻn kun ichida ular jangovar, sport oʻyinlari, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari va tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha mashgʻulotlarga ham jalb etildi.

Toʻrtinchi mavsumning tantanali yopilish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov, viloyat hokimligi vakillari, sektor rahbarlari, DXX viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda 100 nafar yig‘in ishtirokchisiga egallagan mutaxassisligi boʻyicha va tijorat banklaridan imtiyozli kredit olishlari uchun sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, turli sport musobaqlarida gʻolib va sovrindor bo‘lgan yoshlar musobaqa tashkilotchilarining kubog, dimlom va qimmatbaho sovgʻalariga ega bo‘ldi.

Tadbirda soʻz olganlar yoshlarning kelgusi faoliyatlariga ulkan muvofaqqiyatlar tilab, harbiy qismda oʻrgangan tartib-intizomi, kasb hunari va yaratilgan sharoitdan unumli foydlanishlarini tilashdi.

Yakunda harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi sahnasi va viloyatning taniqli sanʼatkorlari ishtirokidagi konsert namoyish etilib, yoshlar uchun haqiqiy bayramona kayfiyat ulashildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati