Ofitserlarga sertifikatlar topshirildi

0
1209

Mudofaa vazirligi rahbar lavozimidagi ofitserlarning boshqaruv mahorati hamda kasbiy malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘quv kurslari boshlangani haqida ma’lum qilgan edik.

Bir necha kun davomida Boshqaruv kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakultetida malakali hamda yuqori tajribaga ega professor-o‘qituvchilar tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

O‘quv kurslarida tinglovchilarga boshqaruv usullari, natijani oldindan ko‘ra olish va shunga tayyorgarlik ko‘rish, mintaqaviy muammolarni tahlil qilish kabi mavzularda bilim va ko‘rsatmalar berildi.

O‘quv kurs yakunida tinglovchilarga Davlat boshqaruv akademiyasining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Xudoyqul Azizov tomonidan malaka oshirganlik haqidagi sertifikatlar topshirildi. 

Ro‘ziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti