Harbiy psixologlar bilan navbatdagi oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazildi

0
799

Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi va unga boʻysunuvchi harbiy qismlar harbiy psxologlari ishtirokida oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazildi.

Mudofaa vazirligi masʼullari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tashkil etilgan uch kunlik yigʻinda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, qoʻshinlarda tarbiyaviy va mafkuraviy hamda psixologik ishlar yoʻnalishidagi mavjud tizimli muammolar, harbiy psixolog faoliyatida zaruriy koʻnikmalar, notiqlik mahorati, harbiy intizomni mustahkamlash, boʻlinmalarda huquqbuzarliklar va koʻngilsiz hodisalarning oldini olish, harbiy boshqaruvda istiqbolli kadrlarni tayyorlash mexanizmi kabi mavzularda mashgʻulot, trening va mahorat darslari oʻtkazildi.

Shuningdek, oʻquv-uslubiy yigʻin davomida har bir ishtirokchi bilan soha mutaxassislari tomonidan yakka tartibda suhbatlar olib borilib, faoliyati davomida erishgan yutuq va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklari tahlil qilindi, kelgusi xizmat faoliyatida eʼtibor qaratishi zarur boʻlgan mavzularda tegishli tavsiyalar berildi.

Yigʻin ishtirokchilari poytaxtimizda joylashgan diqqatga sazovor joylar “Gʻalaba bogʻi” va “Shon-sharaf muzeyi” kabi maʼnaviy maskanlarga sayohat uyushtirishdi. Yakunda faollar ragʻbatlantirilib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.

Mayor Farruxbek Sotvoldiyev, Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti