Harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun sayyor qabul

0
1020

Nuriston garnizonida harbiy xizmatchilar hamda ularning oilalarida uchrayotgan muammolarni oʻrganish, ularga amaliy koʻmak berish maqsadida “Amir Temur” madaniyat markazi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug, Qarshi harbiy prokuraturasi, Milliy gvardiya, tuman xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim, tuman tibbiyot birlashmasi kabi qator tashkilot vakillari murojaatlarchini birin-ketib qabul qilib, ularga imkon boricha yechim topib, muammoni bartaraf etish harakatida bo‘ldi.

Koʻplab savollar harbiy xizmatchilarning oilaviy sharoitiga koʻra ish joylarini oʻzgartirish, farzandlari maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish, band boʻlmagan turmush oʻrtoqlarining ishga joylashuvi, uzoq muddatli ipoteka kreditlari olish kabi masalalar borasida boʻldi.

Qarshi harbiy prokurori, okrug masʼul ofitserlari va boshqa masʼullar tomonidan koʻplab muammolar joyida hal etilib, yana bir qanchasining ijobiy yechimi uchun tegishli maslahatlar berildi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati