Joylarda “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvlari davom etmoqda

0
1610

Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanidagi madaniyat markazida Xonobod shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Qoʻmondon va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Jurʼat Yakubov, Qoʻrgʻontepa tumani hokimi Elyorbek Nabijonov, mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda hamkorlikdagi davlat va jamoat vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida soʻz olganlar bugungi kunda yoshlar mamlakatimizda joriy etilgan imtiyoz va imkoniyatlardan oqiloni foydalanishi, bilim olishi, kelgusida sohaning turli tarmoqlari uchun fidoyi, mard va jonkuyar kadrlar boʻlib yetishishlarida zaruriy tavsiyalar berib oʻtishdi.

Tadbirning asosiy qismida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savol va takliflari, erishgan yutuqlari hamda kelajakdagi rejalari haqida qoʻmondon bilan samimiy muloqot olib bordi. Uchrashuv yakunida xalqaro arenalarda davlatimiz bayrogʻini yuksaklarga koʻtargan bir guruh faol yoshlar hamda hamkorlikdagi organ rahbarlari tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfutdinov ishtirokida Qibray tumani mahalla yoshlari, harbiy sohaga qiziquvchi oʻquvchilar, Yoshlar ishlari agentligi yetakchi va sardorlari bilan ham “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.