Rahbar lavozimidagi ofitserlar oʻz kasbiy malakalarini oshirmoqda

0
2446

Shiddat bilan rivojlanayotgan zamon har qaysi soha vakillari oldiga kuchli bilim va tajribaga ega boʻlish, zamonaviy boshqaruv va tezkor qarorlar qabul qila olish talabini qoʻymoqda. Ayniqsa, oʻzgaruvchan geosiyosiy jarayonlar oʻquv uslublarini chuqur isloh qilish, oʻqish va oʻrganish metodlarini yanada takomillashtirishni taqazo etmoqda.

Buning uchun boshqaruv vazifalarini samarali hal qilish uchun rahbar kadrlar oʻz kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish imkoniyatiga ega boʻlishlari zarur. Bu esa nafaqat respublika miqiyosida, balki hududlar kesimida boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish ehtiyojini paydo qiladi.

Shu bois, Mudofaa vazirligi rahbar lavozimidagi ofitserlarning boshqaruv mahorati hamda kasbiy malakalarini oshirish maqsadida 15-iyun kunidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Boshqaruv kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakultetida navbatdagi oʻquv kurslari oʻz faoliyatini boshladi.
Bu jarayon, bir tomondan, ofitserlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, boshqa tomondan, mavjud imkoniyatlarni tizimlashtirish va ulardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

 

Professor-oʻqituvchilar ishtirokida olib borilayotgan mashgʻulotlarning muhim natijasi shundaki, ofitserlar tarkibi bu yerda qabul qilgan muhim qarorlari va tajribalar natijasini oʻzlari xizmat qilayotgan harbiy okrug va qismlarda amalda tatbiq etishadi hamda oʻquv mashgʻulotlari davomida erkin muloqot qilish koʻnikmasi, bugungi harbiy-siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil qilgan holda mustaqil qarorlar qabul qilish malakasiga ega boʻladilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti