Harbiy xizmatchilar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi

0
3223

Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish, ularning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlarini ta’minlash maqsadida muayyan islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. 

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari ana shunday xayrli ishlarga bel bog‘lab, muhtarama onalar, xotin-qizlarning salomatligi, ularning  baxtli yashashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Jumladan, bir guruh harbiylarimiz Angor tumanidagi “Gulzor” mahallasida bo‘lib, u yerda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi. Yo‘qlov davomida xonadon egalaridan ko‘ngil so‘ralib, uy ro‘zg‘ori uchun kerakli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Harbiylarning bu tarzdagi yo‘qlovidan xursand bo‘lgan mezbonlar qo‘llarini duoga ochib, yurt o‘g‘lonlariga sog‘liq, ona Vatan himoyasida kuch-quvvat tiladi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni